AQSh xavfsizlik kengashi tegishli idoralarga smartfonlarni buzib kirishni o‘rganish vazifasini qo‘ygan

Jahon 08:23 / 20.02.2016 2656

AQSh xavfsizlik kengashi vakolatli hukumat idoralarga smartfonlar himoyasini buzib kirish vositalarini topish vazifasini qo‘ygan, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Ma'lum qilinishicha, smartfonlar, jumladan iPhone’lar himoyasini chetlab o‘tishni o‘rganish vazifasi o‘tgan yilning oxirida turli hukumat idoralarining yig‘ilishida qo‘yilgan edi. Bundan agentlik matbuot xizmati ixtiyoriga tushgan maxfiy memorandum darak bermoqda.

Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk hukumatning bunday harakatlari mijozlar xavfsizligiga rahna solishi mumkinligidan norozilik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: