2015 yilning IV choragida jahon bozoriga ilk marotaba “aqlli soatlar” shveysariyaliklarning klassik uslubidagi soatlariga nisbatan ko‘proq qo‘yildi.
Strategy Analytics firmasining ma'ruzasida xabar qilinishicha, mavsumda jami 8,1 million smart-soatlar sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, ularning ko‘p qismini (5,1 million yoki 63 foizi) Apple Watch tashkil etadi.
Apple soatlaridan so‘ng ro‘yxatda o‘zining 1,3 millionga (yoki 16 foiz) yaqin Gear 2 va boshqa modellarini sotuvga qo‘ygan Samsung o‘rin egalladi.
Shunday qilib, 2015 yilning so‘nggi uch oyida dunyo bozorida har 10tadan 8tasi Apple va Samsung kompaniyalariga tegishli bo‘lgan "aqlli soatlar" ko‘proq sotib olindi.