Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni Alina Kabayeva badiiy gimnastika rivojlanishda to‘xtashi mumkinligi munosabati bilan bu sport turining kelajagi uchun xavotir bildirmoqda. Kabayeva bu haqda "R-Sport" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Rossiyalik gimnastkachilar xatolarga yo‘l qo‘yib, boshqa davlatlarga "sovg‘a" qilishgandagina yutqazishlari mumkin. Biroq hozirda avvalgidek jo‘shqinlik ko‘rinmayapti va men bu haqda indamasdan tura olmayman. Men badiiy gimnastika rivojlanadi, deb ishongandim. Biroq agar gimnastika rivojlanishda to‘xtasa, bu sport turi qiziqarsiz bo‘lib qoladi", deb aytdi Kabayeva.
Kabayeva 19-21 fevral kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha Moskva Gran-prisi ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqalarda 45 ta davlat vakillari ishtirok etadi. Musobaqa doirasida asosiy startga kiritilmagan sportchilar uchun Alina Cup musobaqasi tashkil etiladi.
Kabayeva sport faloiyatini 2007 yilda yakunlagan. U 2004 yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medalini va 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritgan. Kabayeva, shuningdek, 2 karra jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni, 6 karra Rossiya chempioni hisoblanadi.
Kabayeva 2007 yildan Rossiya Davlat dumasi deputati sifatida faoliyat yuritgan, uning vakolati 2014 yil 16 sentabrda tugatilgan.