Alcatel Rossiya mobil telefonlar bozorida yetakchiga aylandi

Fan-texnika 19:15 / 20.02.2016 3690

Tahlil ishlari bilan shug‘ullanadigan Counterpoint Technology kompaniyasi Rossiya mobil telefonlar bozorini o‘rganib chiqib bu boradagi birinchi o‘ringa Alcatel brendi chiqib olgani haqida ma'lum qildi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaga 2015 yilning oktabr-dekabr oylaridagi mobil telefonlar yetkazib berilishi, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 8 foizga oshgan. Bir kvartal oldingi ko‘rsatkichlarga ko‘ra esa 27 foizga oshish kuzatilgandi.

Counterpoint keltirgan statiska ma'lumotlariga ko‘ra, Alcatel 2015 yilning to‘rtinchi choragida 11 foizlik ulush bilan Rossiya mobil telefonlar bozori yetakchisiga aylangan.

Kompaniya Rossiya Federatsiyasiga o‘z telefonlarini yetkazib berishni 60 foizga oshirgan. Ro‘yxatning 2-o‘rinidagi Samsung Electronics esa telefonlar yetkazib berish ko‘rsatkichi 28 foizga kamaytirgan, natijada uning bozordagi ulushi 16,5 foizdan 11 foizga tushib ketgan. Bu uchlikni 8.9 foiz ulush bilan Hindistonning Micromax kompaniyasi yakunlaydi.

Rossiyaning smartfonlar bozorida yetakchilikni Samsung ushlab turibdi. Lenovo ikkinchi , ZTE esa uchinchi o‘rinda qayd etildi. Apple esa Rossiyadagi iqtisodiy holat va rubl devalvatsiyasi sabab to‘rtinchi o‘ringa tushib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: