43 yil turmada bir kishilik kamerada o‘tirgan amerikalik ozodlikka chiqadigan bo‘ldi

Jamiyat 07:48 / 20.02.2016 9610

AQShning Luiziana shtatidagi turmada 43 yil bir kishilik kamerada jazoni o‘tagan Albert Vudfoks 20 fevralda ozodlikka chiqadigan bo‘ldi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Vudfoks turma qo‘riqchisini o‘ldirgandan keyin 1972 yildan beri bir kishilik kamerada saqlangan

Turma qoidalariga ko‘ra, mahbus kunning 23 soatini kamerada o‘tkazgan, qolgan bir soat esa unga turmaning ichki hovlisida sayr qilishga ruxsat berilgan.

O‘tgan yili apellyatsiya sudi Vudfoksning ozod qilinishini rad etgandi.

Vudfoks afroamerikaliklarning so‘l radikal harakati "Qora panteralar" tashkilotchilaridan biri bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: