2016 yilning yozida Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Jahon 20:06 / 20.02.2016 2441

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning ma'lum qilishicha, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 2016 yilning 23 iyuniga belgilangan.

Umumxalq saylovida ikki savol o‘rtaga tashlanadi: Buyuk Britaniya YeI tarkibida qolishi kerakmi, yoki tashkilotni tark etishi kerakmi?

Hukumat vakillari aholidan Buyuk Britaniyaning YeI a'zosi bo‘lib qolishini tanlashni so‘ramoqda.

Bundan oldinroq, Yevroittifoqning Bryusseldagi ikki kunlik sammiti Yevroittifoq va Buyuk Britaniyaning Qirollikka alohida maqom taqdim etish to‘g‘risidagi kelishuvi bilan yakunlangani to‘g‘risida ma'lum qilingandi. Bu Yevroittifoqdan to‘liq ajralib ketmaslik uchun amalga oshiriladi.

Erishilgan bitim Bryussel tomonidan Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Qirollikning Yevroittifoqqa a'zoligini saqlab qolish haqidagi referendumda qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlashi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: