Taksilar buyurtma qilish bo‘yicha mobil dastur Uber mahalliy Didi Kuaidi kompaniyasi bilan raqobatlashgani uchun Xitoyga har yili 1 milliard dollarlik kamomadni keltirdi, deya xabar beradi Financial Times.
“Biz AQShdan katta daromad olyapmiz, lekin Xitoyda yiliga 1 milliard dollarni yo‘qotmoqdamiz. Bizning shunday raqobatchimiz borki, u ishlayotgan shaharlarining hech biridan daromad olmaydi, ammo bozor ulushini sotib oladi. Men shunday holat yuzaga kelganidan afsusdaman”, - deydi Uber asoschilaridan biri Trevis Kalanik.
Didi Kuaidi vakili Kalanikning so‘zlarini “isbotlanmagan yolg‘on” deya qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, kompaniya o‘z xizmatlari bilan Xitoyning 400ta shaharlarining yarmida daromadli darajaga erishdi.
Uber kompaniyasi Xitoyning 50ta shahriga yetkazilgan bo‘lib, yil so‘ngiga qadar o‘z faoliyatini ikki barobarga ko‘paytirish niyatida.