2015 yil davomida Ukraina tomonidan 86 ming 492 avtotransport vositalari yoki oldingi yilga nisbatan 41 foizga kamroq import amalga oshirilgan. Bu haqida “Ukravtoprom” matbuot xizmati xabar berdi.
Kiritilgan avtotransport vositalarining bojxona qiymati bir milliard dollarni tashkil qildi.
Umuman olganda, avtoimportda eng ko‘p ulushni 62121 dona yengil avtomobillar o‘z ichiga oldi. 2014 yilga nisbatan yengil avtomobillarning importi ahamiyatsiz darajada pasaydi (-0.8 foiz), uning bojxona qiymati esa 817.2 million dollarni tashkil qildi.
O‘tgan yili 22 933 ta tijorat va maxsus avtomobillar importi amalga oshirildi, lekin bu 2014 yilga nisbatan 72 foizga kamroq.
Bundan farqli o‘laroq, boshqa avtotransportlarga nisbatan avtobuslarning importi 2015 yilda ijobiy o‘zgarish ko‘rsatib, o‘tgan yilga qaraganda 22 foizga oshdi. 1 ming 438 dona olib kirilgan avtobuslarning narxini bojxona 14.4 million dollarga baholadi.
Bir vaqtning o‘zida Ukrainada eksportga 1060 dona avtotransport vositalari chiqarilgan, bu esa 2014 yilga nisbatan 3.1 baravar kam va uning qiymati 54.4 million dollarga baholandi.