"Turkmanneft" Kaspiyda yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirmoqchi

Jahon 19:25 / 19.02.2016 3022

Turkmanistonning "Turkmanneft" davlat konserni Kaspiy dengizining turkman sektorida yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirmoqchi. Bu hudud katta uglevodorod zaxiralariga boy, deyilmoqda Turkmaniston neft va gaz vazirligi bergan xabarda.

"Turkmaniston neft-gaz sohasida tarixda birinchi marta neftchilar uglevodorodlarning dengiz zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha ilk qadamlarni qo‘ymoqda", deyilmoqda xabarda.

"Shimoliy Go‘turdepe" va "Altigui" konlarida 10 ta burg‘ilash qurilmalari yordamida chuqur burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

Burg‘ilash ishlarining natijalari bu konlarning katta istiqbolga egaligidan darak bermoqda.

"Turkmanneft" bu konlarda gorizontal va qiya yo‘nalgan quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.

2015 yilda dengiz qudug‘ining muvaffaqiyatli tiklanishi natijasida 4 ming metrdan ko‘proq chuqurlikda yangi neft qatlamlari ochildi. Bu yerda kuniga 250 tonna neft beruvchi kuchli neft favvorasi olingan, bu konsern tomonidan foydalaniladigan konlardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan bir necha barobar ko‘proqni tashkil qiladi.

Kaspiy dengizining turkman shelfi zaxiralari 12 mlrd tonna neft va 6,5 trln kub metr gazga baholanadi. O‘rta va katta chuqurliklardagi hududlar xalqaro tenderga qo‘yilgan.

Ayni vaqtda "Turkmanneft" tomonidan 30 ga yaqin kondan foydalaniladi, ular turli o‘zlashtirish bosqichlarida bo‘lgan 600 dan ko‘proq neft, neft-gaz va gaz qatlamlarini o‘z ichiga oladi.

Ko‘proq yangiliklar: