Suriya armiyasi terrorchilarga qarshi Sobiq ittifoq davridagi raketa tizimlarini qo‘llay boshladi

Jahon 22:18 / 19.02.2016 9620

Suriya hukumat armiyasi terrorchilarga qarshi Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan 9K52 "Luna-M" raketa majmuasini qo‘llay boshladi. Avvallari bu majmua Suriya milliy qo‘shinlarining raketa kuchlarining asosini tashkil qilgan.

Sobiq ittifoq bu majmuani Suriyaga 1970-yillardan boshlab yetkazib bera boshlagan. Suriyaliklar bu shiddatli qurolni o‘zlashtirib olganlar va 1973 yildagi oktabr urushidayoq Isroilga qarshi qo‘llagan.

O‘sha urushdan keyin bu majmualar boshqa qo‘llanmagan. Ularning o‘rniga 9K79 "Tochka" i 9K72 "Elbrus" majmualari qo‘llangan. Endi esa, ko‘rinishicha, Suriya armiyasi dushmanni yo‘q qilishning sinalgan usuliga qaytishga qaror qilganga o‘xshaydi. Internetda buning fotoisbotlari ham paydo bo‘ldi.

9K52 "Luna-M" majmuasining otish uzoqligi 70 km ni tashkil qiladi. 2,5 tonnalik boshqarilmaydigan raketa yetarlicha aniqlik bilan ajrala olmaydi, jangovar kallagi ham nishondan 700 metrgacha og‘ishi mumkin. Biroq agar u nishonga tegsa, dushmanga katta talofat yetkazishi muqarrar.

Misol uchun, 200 kg lik jangovar kallak dushmanlarga 15 mingtagacha oskolkalar yog‘dirishi mumkin. Raketaning kassetali jangovar qismi yanadayam xavfliroq hisoblanadi, u 42 ta 7,5 kg lik oskolka-fugas jangovar o‘q-dorini o‘z ichiga oladi.

Majmuaning raketa uchirish qurilmasi ZIL-135LM avtomobili shassisiga o‘rnatilgan. Majmuaga 5 kishi xizmat ko‘rsatadi.

Faol janglar boshlanishigacha Suriya armiyasi bunday majmuadan 18 tasiga va bir necha o‘n dona soz holdagi raketalarga ega bo‘lgan.

Ekspertlarning fikricha, bu raketa majmuasini zamonaviy qurollar qatoriga kiritib bo‘lmaydi, biroq undan mohirlik bilan foydalanilsa, juda samarali bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: