Rossiya Suriya-Turkiya chegarasida vaziyatning keskinlashishi va Turkiyaning Suriya shimoliga qo‘shin olib kirish rejasi sababli 19 fevralda BMT xavfsizlik kengashining yig‘ilishini chaqirtirmoqchi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
"Rossiya bugun BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishini bu masalani muhokama qilish va Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga rahna soluvchi va BMT xavfsizlik kengashining 2254 rezolyutsiyasi hamda Suriyada tinchlik jarayonini boshlash sa'y-harakatlariga zid keluvchi istalgan harakatlarni to‘xtatish talabini o‘z ichiga olgan rezolyutsiya loyihasini kiritmoqchi", deb aytdi Zaxarova.