Ronaldu UYeFA talqini bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport 19:49 / 19.02.2016 3008

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UYeFA talqini bo‘yicha joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida tashkilot rasmiy sayti xabar bergan.

Xabar qilinishicha, portugaliyalik ushbu futbolchi o‘tkazilgan so‘rovnomada 41 foiz ovoz to‘plagan holda «Benfika» hujumchisi Jonas, «Volfsburg» yarimhimoyachisi Yulian Draksler hamda «PSJ» darvozaboni Kevin Trappni ortda qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «Roma»ga qarshi nimchorak final doirasida 16 fevral kuni o‘tgan o‘yinda (2:0) bitta golga mualliflik qilgandi.

Ronaldu joriy mavsum YeChLning 7 o‘yinida 12ta gol urib, 3ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: