Poygachi Ken Blokning Ford Fiesta xetchbeki 360 ming dollarga sotiladi

Sport 12:25 / 19.02.2016 2374

Motorsport Auctions saytida 600 ot kuchiga ega, amerikalik poygachi Ken Blok tomonidan poygalarda ishtirok etgan Ford Fiesta xetchbekining sotuvga qo‘yilgani haqida e'lon paydo bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, avtomobil 250 ming funt sterlingga (357,6 ming dollar) baholanmoqda.

Xetchbek Fransiyaning Pipo Moteurs komapniyasi tomonidan tayyorlangan ikki litrli turbomotorga ega. 45 millimetrli poygaga mo‘ljallangan restriktor dvigatel o‘rnatilganda 600 ot kuchiga ega bo‘ladi. Bu dvigatel 34 millimetrlisiga almashtirilganda agregatning ot kuchi 350ga tushadi.

Sotuvga «Fiyesta»ning 600 ot kuchiga motorlisi qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: