Italiyaning «Yuventus» jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba o‘zining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola bilan birga ishlash istagi haqida aytib o‘tdi.
«Gvardiolada ulkan tajriba va futbolga o‘ziga xos qarashlar mavjud. U shunday murabbiyki, qayerda ishlasa ham futbolchilarida o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota oladi.
U hamisha qoyil qoldirish va sizga nimanidir o‘rgatish bilan band bo‘ladi. U zamonaviy futbol uchun namuna. Eshitishim bo‘yicha, u o‘zi ishlagan jamoaning har bir futbolchisiga alohida munosabat bilan yondashadi.
Men ayni vaqtda «Yuventus» a'zosiman, lekin kelajakda u bilan birga ishlashni istayman», deydi Pogba.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Bavariya»ni boshqarib turgan Gvardiola mavsum yakunida «Manchester Siti»da ish boshlaydi.