Pentagonda AQSh samolyotlari Liviyadagi jangarilarga zarba bergani haqidagi ma'lumot tasdiqlandi

Jahon 20:31 / 19.02.2016 1956

AQSh Mudofaa vazirligining Afrika bo‘yicha boshqarmasi rasmiysi Mark Chidl 19 fevral kuni amerikaliklarning samolyotlari Liviya hududida o‘rnashgan IShID jangarilariga qarshi amaliyot o‘tkazib, jangarilarning bazalarini bombardimon qilgani haqidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, bu amaliyotning asosiy maqsadi o‘tgan yilning yozida Tunisda teraktlar tashkil etgani gumon qilinuvchi Nuriddin Chouchanni yo‘q qilish bo‘lgan.

"Ayni vaqtda bu amaliyot ishi baholanmoqda. Keyinroq qo‘shimcha ma'lumotlar beriladi", deydi Chidl.

Bundan oldinroq, NYT nashri o‘z manbasiga asoslangan holda Barak Obama Liviyada jangarilarni bombardimon qilishga qarshi bo‘lgani, faqat dronlar orqali jangarilarning yetakchilarini bartaraf etish uchun amaliyotlar o‘tkazish bilan kifoyalanish taklifini bildirgani haqida xabar yozgandi. Keyinroq o‘tkazilgan bombalash ishlari natijasida 30 nafarga yaqin jangari yo‘q qilingani haqida ma'lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: