Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharga aylanishi mumkin

O‘zbekiston 11:15 / 19.02.2016 4091

Rossiyaning Chelyabinsk shahri Samarqand yoki Toshkent bilan do‘stona aloqalar bilan bog‘langan shahar bo‘ladi. Bu haqda Chelyabinsk rahbari Yevgeniy Teftelev va O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Ravshan Matchonov o‘rtasidagi uchrashuvda ma'lum qilindi.

Konsullik delegatsiyasining Chelyabinskka ishchi safari davomida O‘zbekiston va Chelyabinsk o‘rtasidagi hamkorlikning ko‘plab masalalari muhokama qilindi.

Matchonovning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiyaning 70 ta hududi bilan hamkorlik qiladi, Chelyabinsk viloyati esa bu borada Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin 3-o‘rinda turadi va ustuvor hisoblanadi.

"Bizning hamkorlik munosabatlarimiz ko‘plar yillar davomida shakllangan va ishonchim komilki, kelgusida ham mustahkam aloqalarni rivojlantiramiz", deb aytdi Matchonov.

Yevgeniy Teftelevning aytishicha, bugungi kunda Chelyabinskda taxminan 3 ming o‘zbek yashaydi va shaharda ularning ehtiyojlari va muammolari bilan muntazam shug‘ullanuvchi maxsus markaz yaratilgan. "Biz boshqa xalqlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga intilib kelamiz. Bizning madaniyatlarda ko‘plab umumiy jihatlar mavjud, biz yutuqlarimizni faqatgina ko‘paytirishimiz lozim", deb aytdi shahar hokimi.

Do‘stona uchrashuv so‘ngida Teftelev O‘zbekistonga tashrif buyurishga va'da berdi.

Manba:uzdaily.uz

Ko‘proq yangiliklar: