O‘zbekiston TIVda Isroil va Qirg‘iziston elchilari qabul qilindi

O‘zbekiston 21:41 / 19.02.2016 2637

2016 yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Isroilning favqulodda va muxtor elchisi Karmela Shamirni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston-Isroil muloqotlari masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu kuni vazirlikda Qirg‘iziston respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Emilbek Uzakbayev bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston ikki tomonlama munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: