OAV: Obama IShIDning Liviyadagi bazalariga havo zarbalari berilishiga qarshi chiqqandi

Jahon 19:41 / 19.02.2016 2352

AQSh prezidenti Barak Obamanining ma'muriyati Pentagonning Liviyadagi IShID jangarilari ustiga bomba yog‘dirish bo‘yicha rejasiga qarshi chiqqan. Bu haqda The Daily Beast xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, AQSh Mudofaa vazirligi, xususan AQSh Qurolli kuchlarining Afrika bo‘yicha boshqarmasi Oq uyni Liviyaning Sirta tumanidagi jangarilarga havo zarbalari berishga undagan. Bu hudud 2015 yilning yozidan buyon IShID nazorati ostida qolmoqda. Boshqarmaning ma'lum qilishicha, bu hudud IShIDning Afrikadagi markazi hisoblanadi va uning tashkilot uchun ahamiyati Iroqdagi Mo‘sul hamda Suriyadagi Raqqa kabi muhimlikka ega.

Pentagon rejasiga ko‘ra, AQSh Harbiy Havo kuchlari IShIDning resurs bazalarini yo‘q qilishi, quruqlikda harakatlanuvchi harbiylar esa mahalliy jangarilarga qarshi ochiq janglar olib borishi ko‘zda tutilgan. Vashington esa dronlar orqali faqat IShID yetakchilariga zarba berish bilan kifoyalanishda davom etishni taklif qilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Liviyada ayni vaqtda IShIDning 5 ming nafarga yaqin jangarisi turibdi. Mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, Iroq va Suriyada vaziyat yomonlashgach, IShID jangarilari Liviyaga ko‘chishi kuchayadi.

Bundan oldinroq, Barak Obama AQSh IShIDning Liviyadagi ta'siri kuchaytirilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqila ma'lum qilgandi.

NYT: AQSh samolyotlari IShIDning Liviyadagi bazalariga zarba berdi

Ko‘proq yangiliklar: