Amerikaliklarning harbiy samolyotlari IShIDning Liviya hududidagi bazalariga zarbalar bergan. Bu haqda The New York Times xabar tarqatgan.
Bu xabar o‘z nomi sir tutilishini so‘ragan yuqori martabali amaldor tomonidan berilgan.
Qayd etilishicha, amerikaliklar samolyotlari Liviyaning Sabrat shahri hududida amaliyot o‘tkazgan. Shuningdek, bu aviazarbalar natijasida 30 nafardan ortiq jangari yo‘q qilingani aytilgan. Ularning aksari tunislik bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Reyter agentligi shahar meriga asoslanib, noma'lum mamlakat samolyotlari Sabrat shahriga bomba yog‘dirgani haqida xabar tarqatgandi.