AQShda ekologik tozaroq, shovqini kamroq va tezligi yuqoriroq samolyotlarning yangi avlodini ishlab chiqarishmoqchi.
"AQSh hukumatiga tegishli aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi fuqarolik aviatsiyasida 25 yil davomida 225 milliard dollar tejab qola oladigan X-planes samolyotlarini yaratishga qaror qildi", xabar beradi TASS.
"New Aviation Horizons" ("Yangi aviatsiya ufqlari") nomli dastur 10 yilga mo‘ljallangan.
AQSh byudjyeti dasturga mablag‘ ham ajratishga ulgurgan. Xarajatlar 4,147 trillion dollar, daromad 3,644 trillion dollar miqdorida belgilangan. Dastur byudjyeti tasdiqlangach, NASA uni amalga oshirishni boshlaydi.
Birinchi uchishni 2020 yilgacha amalga oshirish uchun tajriba namunalarini ishlab chiqish va qurishga bir necha yil talab etiladi. Dasturning amalga oshish jarayoni muddati uning mablag‘ bilan ta'minlanishiga bog‘liq.