Kurd jangarilari Anqaradagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Jahon 23:14 / 19.02.2016 5064

Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘langan kurd jangarilari Turkiya poytaxti Anqaradagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Kurdiston ozodligi lochinlari" guruhi a'zolari bu terakt Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kurdlarga nisbatan yuritayotgan siyosatiga javob ekanligini aytishdi. Jangarilar o‘z hujumlarini davom ettirishlarini ta'kidlab o‘tishdi.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Anqaradagi teraktni 1992 yilda tug‘ilgan Saloh Nesar amalga oshirganini ma'lum qilgandi.

17 fevralda Anqarada harbiylar yotoqhonasi oldiga qo‘yilgan avtomobil portlatilgan. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ko‘proq odam jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: