Finlyandiyaning Laxti shahrida 13 yoshli o‘smir do‘kondan ichida gazli ichimlik o‘rniga pivo bo‘lgan Pepsi Max sotib oldi. Bunday "hangama"ga mahalliy Hartwall kompaniyasi bir soat davomida gazli ichimlik o‘rniga pivo quygani sabab bo‘lgan.
Hammasi bo‘lib sotuvga Karjala pivosi quyilgan bunday "Pepsi"lardan 150 ga yaqin banka chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi ta'kidlanmoqda.
"13 yoshli bola ichimlikni ichganda shirin ta'm o‘rniga achimtiq ta'mni sezgan. Aniqlanishicha, bankada pivo bo‘lgan", deb aytilmoqda fin telekompaniyasi xabarida.
Hartwall kompaniyasi matbuot xizmati boshlig‘i Tayn Lampel-Xelinning aytishicha, bunga inson omili sabab bo‘lgan. "Sarxush qiluvchi" gazli ichimlik partiyasi sotuvdan qaytarib olinmoqda.