Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, AQSh Suriyadagi kurdlarning Milliy mudofaa kuchlari tashkiloti tomonidan bo‘lgan xavf haqida anglay boshladi.
"So‘nggi bayonotlardan menga ko‘rinishicha, amerikaliklar Suriyadagi kurdlarning Milliy Mudofaa kuchlari tashkiloti tomonidan bo‘lishi mumkin xavfni anglashni boshladi. Men AQSh prezidenti Barak Obama bilan gaplashaman. U bilan bu mavzuni muhokama qilmoqchiman. Men unga AQSh jangarilarga qurol yetkazib berayotganini bildirib qo‘ymoqchiman", degan Erdo‘g‘an.
U shuningdek, Turkiya Suriya shimolidagi kurd jangarilarini o‘qqa tutishda davom etishini ta'kidlagan.