Bokschi Murodjon Ahmadaliyevga Cobalt avtomashinasi topshirildi

Sport 21:03 / 19.02.2016 4756

2015 yili Qatarning Doxa shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan XVIII jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan iqtidorli yosh sportchi Murodjon Ahmadaliyevni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ma'lumot berilishicha, bugungi kunda viloyatdagi 3 mingdan ziyod zamonaviy sport inshootida 300 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz sport bilan shug‘ullanmoqda.

O‘tgan yili viloyat yosh sportchilari mamlakat va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda 367 oltin, 354 kumush, 512 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Tadbirda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov XVIII jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Murodjon Ahmadaliyevga Cobalt rusumli avtomashinaning kalitini topshirdi.

Ko‘proq yangiliklar: