BMT: 2015 yilning sentabridan beri O‘rta Yer dengizida qochqinlarning 340 nafarga yaqin farzandlari cho‘kib ketdi

Jahon 19:57 / 19.02.2016 2159

2015 yilning sentabr oyidan boshlab shu kungacha Yevropaga otlangan qochqinlarning 340 nafarga yaqin farzandi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketishdi. Bu ma'lumotlar juma kuni Jyenevada BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha yuqori boshqaruvi, Migratsiya va Bolalar fondi (YUNISEF) bo‘yicha xalqaro tashkilot kommisarlarining qo‘shma murojaatida chop etildi

“O‘tgan yili barchani larzaga keltirgan bolakay Aylan Kurdining fojiaviy o‘limidan so‘ng, sentabr oyidan beri O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida 340 nafarga yaqin bola cho‘kib ketgan. Ularning ba'zilari chaqaloq bo‘lsa, ayrimlari endigina yurishni o‘rganayotgan bolalar bo‘lgan. Dengizga cho‘kib, halok bo‘lgan boshqa bolalarning tanasi topilmagani sababli real statistika bundan ham yuqori bo‘lishi ehtimoli bor”, - deya xabar beradi murojaat mualliflari.

“Biz endi begunoh bolalarning hayotiga zomin bo‘luvchi bu kabi xavf-xatarlarga befarq qarab tura olmaymiz”, - deya qayd etadi YUNISEF ijrochi rahbari Entoni Leyk.

“Davlatlar endi ko‘chish yo‘llari xavfsizroq bo‘lishi uchun birlashib, birgalikda chora ko‘rishlari zarur. Yevropaga borishning boshqa yo‘llari mavjud bo‘lganida, hech yosh bolalarni qayiqqa o‘tkazmas edi. Ular eng maqbul yo‘l – “tashkillashtirilgan va qonuniy yo‘l”larni joriy etish ekanligini qo‘shimcha qilishdi", deydi u.

Qayd etilishicha, Turkiya orqali Yevropaga otlangan qochqin va migrantlar farzandlari 36 foizni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: