Belgiyada poyezd boshqaruvchisiz harakatlandi

Jahon 17:11 / 19.02.2016 2022

Belgiya temir yo‘llarida poyezd boshqaruvchisiz harakatlandi. Voqea Landen va Tinen shaharlari o‘rtasidagi temir yo‘llarida sodir bo‘ldi.

Poyezdda yo‘lovchilar bo‘lmagan, mashinist motorli vagonni ko‘zdan kechirish uchun poyezddan tushgan, shu paytda kutilmaganda poyezd yurib ketgan.

Tezlikning sust bo‘lishiga qaramasdan haydovchi kabinaga qayta olmagan, lekin o‘z vaqtida temir yo‘l xizmati xodimlarini ogohlantirgan. Shundan so‘ng “O‘zi yurar” tuzilmani yon tomonga burib yuborishgan.

Xavfsizlik yuzasidan evakuatsiya qilingan Tinen vokzali yonidan o‘tib ketayotgan poyezdga boshqa mashinist chiqib, uni to‘xtatishga mavaffaq bo‘lgan.

Umumiy hisobda poyezd 12 kilometr masofada o‘zi "sayr qilgan".

Ko‘proq yangiliklar: