AQSh Rossiyaga Suriyadagi maxsus kuchlarining joylashgan o‘rni haqidagi ma'lumotni berdi

Jahon 07:13 / 19.02.2016 4458

AQSh Rossiyaga Suriyada IShIDga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan maxsus kuchlarining joylashgan o‘rni haqidagi ma'lumotni berdi, deb ma'lum qildi AQSh generali Charlz Braun. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.   

Braunning ta'kidlashicha, bu ma'lumot AQSh harbiylarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida berilgan.  

Braun, shuningdek, Rossiya Suriya hududida qandaydir ko‘ngilsiz holatlarni istamasligiga ishonch bildirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: