Apple "53-xato" uchun uzr so‘radi va uni tuzatdi

Fan-texnika 08:10 / 19.02.2016 3137

Apple kompaniyasi shov-shuv bo‘lib ketgan "53-xato"ni tuzatadigan iOS operatsion tizimining 9.2.1 versiyasini chiqardi.

Kompaniya saytida, shuningdek, bu xato tufayli nosoz holga kelgan smartfon egalariga bunday holda qanday yo‘l tutishlari kerakligi batafsil tushuntirilgan xabar chop etilgan.

Bundan tashqari, kompaniyada bu ko‘ngilsiz voqea uchun uzr so‘raldi va minglab qurilmalar nosoz holga kelishini istalmagani aytildi.

"53-xato" iPhone 6 va 6s smartfonlarida Home tugmasini ta'mirlash yoki almashtirishda vujudga keladi. Bu holda qurilma to‘liq ishlamay qoladi va bu muammoni faqatgina kompaniyaning rasmiy xizmat ko‘rsatish joyida tuzatish mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: