Gubernator bazmi – “Oskar” aftepatisi (taqdimot marosimidan keyingi bazm) da taklif etiladigan noz-ne'matlar namoyish etildi. Marosimga tayyorgarlik jarayonida mashhur shef-povar Volfgang Pak ham ishtrok etyapti.
Mukofot taqdimotidan keyin Gollivud yulduzlari tansiq lobsterlar va shohona qisqichbaqalar, shuningdek, qora tryufelli, makaronli va pishloqli tovuq pirogidan ta'tib ko‘rishlari mumkin.
“Biz 22 yildan buyon shu sohada shug‘ullanamiz, demak, biz odamlar nima yaxshi ko‘rishini bilamiz. Bundan tashqari, ko‘plab Gollivud yulduzlari bizning restoranimizda tamaddi qiladilar va biz ularga nima ko‘proq ma'qul kelishini bilamiz”, -dedi Pak.
Shef-povarning so‘zlariga ko‘ra, doimgidek, an'anaviy, nostalgik va zamonaviy taomlar tayyorlanadi.
Bazmga 1,5 ming mehmon kelishi kutilmoqda.