“Istiqlol” san'at saroyida jonli ijrodagi “Nazm va navo” kechasi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 18:51 / 19.02.2016 8803

Fevral oyi O‘zbekistonda milliy adabiyotning ikki yirik vakili Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburga ataladi. Butun respublika bo‘ylab turli anjuman va tadbirlar davom etmoqda. Kecha, ya'ni 18 fevral kuni soat 19-00da muhtasham “Istiqlol” san'at saroyida “Nazm va navo” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi o‘tkazildi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi tomonidan tashkil etilgan kechada taniqli shoir va yozuvchilar, san'atkorlar hamda maqom ansambli ishtirok etdi.

Shuhrat Qayumov va Dilnoza Kubayeva olib borgan konsert dasturida Munojat Yo‘lchiyeva, Zamira Suyunova, Matluba Dadaboyeva, G‘ulomjon Yoqubov, Shuhrat Qayumov, Elmurod Ashuraliyev, Adolat Ismoilova, Hilola Hamidova, Malika Egamberdiyeva, Baxrom Nazarov, Abdurashid Yuldoshev, Alisher Fayz va boshqa xonandalar Navoiy hamda Bobur g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarni ijro etdi. Kontsertga kelgan qo‘shiq ixlosmandlari jonli ijro zavqidan bahramand bo‘ldi.

Shuningdek, aktyor Mehriddin Rahmatovning Navoiy obrazida, Fatxulla Ma'sudovning Bobur obrazidagi chiqishlari, o‘qigan g‘azallari san'at saroyiga 15 asr ruhini olib kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: