Xitoyning Jitszao shahrida yashovchi 66 yoshli Chjan Deyan o‘zining "soxta" dafn marosimini sahnalashtirish uchun 16 ming yuan (2,5 ming dollar) sarfladi.
Mahalliy OAVda ma'lum qilinishicha, erkak o‘zining soxta dafn marosimiga 50 ga yaqin qarindoshlarini taklif qilgan, biroq marosimga faqatgina 20 kishigina kelgan. Biroq marosimga taklif qilinmagan bo‘lsada, yaqin qishloqlardan ko‘plab odamlar keldi va bu bilan xitoylikni xursand qildilar.
Dafn marosimi vaqtida Chjan Deyanning haqqiga duolar aytayotganlar "marhum" an'anaviy dafn kiyimida ichimliklar qo‘yilgan stol oldiga kelib o‘tirganda hayratdan yoqalarini ushlashayozdi.
Bu "soxta dafn marosimini" amalga oshirish uchun Deyan yaxshigina tayyorgarlik ko‘rdi. U o‘zining qabri uchun qabr toshini 2008 yildayoq tayyorlatib qo‘ygan. Dafn marosimi yanadayam ishonchliroq chiqishi uchun o‘zining marhum rafiqasi bilan fiktiv nikoh tuzgan, chunki Xitoyda narigi dunyoga bo‘ydoq ketish yomon alomat hisoblanadi.