Venesuela prezidenti neft savdosidan keladigan valyutaning 6 yil ichida 42 barobar kamayib ketganini ma'lum qildi

Iqtisodiyot 08:27 / 18.02.2016 1774

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro neft narxining pasayishi mamlakat iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Neft Venesuelaning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Maduroning aytishicha, oxirgi 6 yil ichida neftdan keladigan foyda 4200 foizga, ya'ni 42 barobarga kamayib ketgan.

Maduroning ta'kidlashicha, 2010 yil yanvarida mamlakat neft savdosidan 3,31 mlrd dollar olgan, joriy yilning yanvarida esa bu qiymat bor-yo‘g‘i 77 mln dollarni tashkil qilgan.

Neft narxining uzoq vaqt past qiymatda saqlanib qolayotgani Venesuelada ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni keskinlashtirib yubordi, bu esa mamlakat parlamentiga saylovlarda muholifatning g‘alaba qozonishiga olib keldi.

Ko‘proq yangiliklar: