Turkiyada Anqaradagi teraktga aloqadorligi gumon qilinib 9 kishi qo‘lga olindi

Jahon 14:17 / 18.02.2016 1815

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqarada 17 fevral kuni sodir etilgan va 28 kishining o‘limi hamda 60 nafardan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 9 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Bundan tashqari, bosh vazir 17 fevral kechasida amalga oshirilgan terakt natijasida halok bo‘lganlarning 26 nafari harbiylar bo‘lganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Anqara markazidagi harbiylar yotoqxonasi oldida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 61 kishi tan jarohati olgan.

Yeni Safak nashri xabar berishicha, teraktni Turkiyaga Suriyadan qochqin qiyofasida kirib kelgan Solih Nejar ismli xudkush terrorchi sodir etgan.

Ko‘proq yangiliklar: