Stokgolm yaqinidagi turk madaniyat markazida portlash yuz berdi

Jahon 08:39 / 18.02.2016 3762

Shvetsiya poytaxti Stokgolm yaqinidagi turk madaniyat markaziga tegishli binoda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Dagens Nyheter nashri xabar bermoqda.

Shved nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, portlash Butshirk kommunasida mahalliy vaqt bilan 17 fevralda soat 21.35 da sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida binodagi barcha oynalar chil-chil bo‘lgan.

Butshirkdagi Turkiya madaniyat uyushmasi boshlig‘i nashrga ma'lum qilishicha, portlovchi qurilma portlagan bo‘lishi mumkin, chunki bino ichidan qattiq shikastlangan. U bu vaqtda bino ichida xodimlar bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savolga, portlash sodir bo‘lgan vaqtdan oldin ko‘pchilik ish joyini tark etgani, biroq hozircha unda bu borada aniq ma'lumot yo‘qligini aytgan.

Politsiya yaqin hududlarni o‘rab oldi. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: