Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva viloyatida “Islom davlati” terrorchilar tashkiloti saflariga ketishga hozirlik ko‘rgan rossiyaliklarga soxta hujjatlar tayyorlagan 14 nafar odamni qo‘lga oldi. Bu haqida RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Rossiya IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus operatsiyada xalqaro miqyosdagi jinoiy guruhning asosiy mijozlari Rossiya va MDH hududida istiqomat qiluvchi fuqarolari ekani aniqlandi.
FXX jinoiy guruh a'zolarining «sohta hujjatlarni jangarilar, IShID safida Suriyadagi janglarda qatnashish uchun chaqirilganlar va bir guruh noqonuniy migrantlarga ham tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan”ini tasdiqladi.