Rezonans: Amerikaliklarni junbishga keltirgan surat

Jahon 09:35 / 18.02.2016 20353

17 fevral kuni AQSh prezidentligiga nomzod Jyeb Bush o‘z tvitterida "Amerika" so‘zi va "Gubernator Jyeb Bush" gravirovkasi tushirilgan pistolet suratini joylashtirdi.

Bu qurol go‘yoki AQShning mohiyatiga aylanganini ta'kidlovchi tvit OAV va internet foydalanuvchilariga qutqu solgan va ularning hissiyotlarini junbishga keltirgan.

Blogerlar shu ondayoq Amerikaning boshqa timsollari - fastfud, Oreo pechenesi, Jorj Bush, itlarni chizayotgan rassom va "Yulduzlar jangi: kuchlar uyg‘onishi" filmidagi jangchilarni taklif qilishdi.

Fleshmobga boshqa davlat foydalanuvchilari ham qo‘shilishdi.

Ayrim blogerlar ancha qaltisroq hazil qilishdi - masalan, Bushning so‘zlarini "Qurolni yaxshi ko‘rmagan odam, AQShni ham yaxshi ko‘rmaydi" deya teskari ma'noni hosil qilishdi.

Bushga yana o‘z chiqishi vaqtida auditoriyaga "Marhamat, qarsak chaling" deganini eslatishdi.

Shunga qaramay internetning barcha foydalanuvchilari ham siyosatchining bu tvitini kulgili deb topishmadi. Masalan, aktrisa Bett Midler AQSh prezidentligiga nomzodning bu tvitida mamlakatdagi ko‘pdan-ko‘p qotilliklar sababini ko‘rgani haqida yozgan.

Taniqli rejissyor Maykl Mur esa "Bunday Amerikani Jyeb Bush o‘zida qoldirishi mumkinligi" haqida fikr qoldirgan.

Edvard Snouden esa Bushga o‘z akkauntini o‘chirishni maslahat qilgan.

Bush ayni vaqtda "qurol muammosi" haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirayotgan kamdan-kam kishilardan biri ekani haqida ham yozishgan.

Bushning bu ishi va bu ish atrofidagi muhokamalar gazetalarga chiqib ketgan.

OAV Bushning to‘pponchasi Ikkinchi jahon urushi vaqtida fashistlarni qurol-yaroq bilan ta'minlagan Belgiya kompaniyasi FN Herstal`ning AQShdagi bo‘limi FN America tomonidan tayyorlanganiga urg‘u qaratgan.

Ko‘proq yangiliklar: