Britaniyaning yirik ommaviy axborot vositali o‘quvchilariga bolalar uchun qiziq masala taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular 2015 yilning dekabridan ommalasha boshlagan.
Masalani uch noma'lum (olma, banan va kokos) odatiy matematik tenglama asosida ishlash noto‘g‘ri natija beradi. Rasmdagi mevalar har bir qatorda turli miqdorda ekaniga ko‘pchilik e'tibor bermaydi.
Sentral Lankashir Universiteti matematika fani o‘qituvchisi, doktor Kevin Boumenning fikricha, masalaning yechimi o‘zgaruvchilar talqiniga bog‘liq, shuning uchun internet foydalanuvchilarining javoblari bir-biridan farq qiladi: kimdadir 14, boshqalarda 15, 16 va 20 chiqishi mumkin.