OAV: turkiyalik internet foydalanuvchilar Anqaradagi teraktdan keyin ijtimoiy tarmoqlarga kirishda qiyinchiliklar sezdilar

Jahon 10:14 / 18.02.2016 1743

17 fevralda Anqarada yuz bergan teraktdan keyin dastlabki soatlarda turkiyalik internet foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga kirishda qiyinchiliklar sezdilar. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, ko‘pchilik foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarning ishlash tezligi pasayib ketgani, go‘yoki ataylab shunday qilinganidan shikoyat qilishgan. Texnik jihatdan Turkiyada buni amalga oshirishning imkoni mavjud va bu imkoniyatdan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi feysbuk va tvitter kabi ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Biroq nashr ijtimoiy tarmoqlarning tezligi cheklanishi aynan teraktlar sababli amalga oshirilganini tasdiqlamagan.

Biroq Turkiyada internetni boshqarish, jumladan foydalanuvchilar, xususan jurnalistlarni chop etilayotgan ma'lumotlar uchun bloklash yoki hibsga olish kabi holatlar uchrab turadi.

Ko‘proq yangiliklar: