OAV: Apple 2008 yildan beri 70 marta AQSh hukumatiga iPhone smartfonlaridagi ma'lumotga kirishni taqdim qilgan

Jahon 11:31 / 18.02.2016 2280

Apple kompaniyasi AQSh sudlari so‘roviga ko‘ra, 2008 yildan beri 70 marta AQSh hukumatiga iPhone smartfonlaridagi ma'lumotga kirishni taqdim qilgan. Bu haqda The Daily Beast nashrida aytilmoqda.

"O‘tgan yili Nyu-Yorkdagi sud jarayonida Apple o‘z qurilmasidan zaruriyat bo‘lsa, ma'lumotni chiqarib olishini tan olgandi. Bu sud ishidagi ayblov tomonining ma'lum qilishicha, Apple hukumatning iltimosi bilan 2008 yildan beri kamida 70 marta telefonlarni blokdan chiqarib bergan", deyilmoqda maqolada.

Nashr AQSh hukumati Kaliforniyadagi terakt ijrochisiga tegishli va noyob parolga ega telefonga kirishni so‘rab Apple’ga murojaat qilayotganini g‘alatiholat deb atamoqda. "Nyu-Yorkdagi sud jarayonida prokuror AQSh huquq-tartibot muassasalari iPhone’ning ba'zi modellariga Apple’ning yordamisiz buzib kirish texnologiyasini yaratishganini tan olgan, hukumat hozir ham aynan shuni talab qilmoqda", deb tushuntirmoqda nashr.

Avvalroq sud Apple’ga Federal qidiruvlar byurosiga telefondagi himoyani chetlab o‘ta oluvchi dasturni taqdim qilish majburiyatini qo‘ygandi. FQB bu dastur orqali San-Bernardino shahrida terakt uyushtirgan va yo‘q qilingan terrorchi Said Farrukga tegishli iPhone smartfoniga kirmoqchi.

Apple bosh direktori Tim Kuk FQBning bu talabi ustidan shikoyat qilmoqchi. Kukning aytishicha, hukumatning bu talabi "mijozlar xavfsizligiga rahna soladi". Kukning ta'kidlashicha, kompaniya xodimlari FQBga teraktni tergov qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotni taqdim qilganlar. Uning aytishicha, kompaniya maxsus xizmatlarga iPhone’ni ocha oluvchi dasturni berish niyatida emas.

Ko‘proq yangiliklar: