NTS kompaniyasi “Windows 10 Mobile” asosida yangi smartfonga ishlov berishni boshladi

Fan-texnika 11:25 / 18.02.2016 2118

Ketma-ket omadsizliklardan so‘ng mobil aloqa vositalari bozorini tark etgan NTS kompaniyasi bor kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda yana ko‘tarilishga erishish niyatida. Yaqin kunlarda kompaniya yangi Android-flagman “One M10” ni omma e'tiboriga taqdim etadi. Shuningdek, kompaniya “Windows 10 Mobile” OT ostida yangi mobil telefoni yaratayotgani ham ma'lum bo‘ldi.

NTS bu kabi tajribaga allaqachon erishgan: bir necha yillar avval, munosib raqobatchi platformalarning yo‘qligi sababli u yuqori talabga ega bo‘lgan Win-mobil aloqa vositalari orasida mashhurlikka erishgan. U vaqtlarda “Symbian” ham mavjud edi, ammo uni “Windows Mobile” bilan solishtirish asossiz – ularning darajalari turlicha.

Ayni damda, “Windows 10 Mobile” platformasini “Android” va “iOS” ortda qoldirishga ulgurdi, biroq “Microsoft” taslim bo‘lmay, o‘z operatsion tizimini faol olg‘a surishda davom etmoqda.

Tayvan kompaniyasi mutlaqo yangi model yaratadimi yoki bor-yo‘g‘i mavjud Android-smartfonning Windows-ko‘rinishini taqdim etadimi – bu hozircha noma'lum. Ammo kompaniyaning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, ularning yangi mobil vositasiga noldan boshlab ishlov berish uchun millionlar sarflashiga ishonch bildirilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: