Namanganda 4,5 balli zilzila qayd etildi

O‘zbekiston 11:57 / 18.02.2016 10419

18 fevral, payshanba kuni soat 11:05da O‘zbekiston sharqidagi Namangan viloyati hududida yerosti silkinishlari sezildi. Bu haqda Yevroosiyo seysmologiya markazi xabar bergan.

Toshkent shahridan 216 km, Namangan shahridan 36 km, Yangiqo‘rg‘on shahridan 15 km masofadagi zilzila episentrida magnituda 4,2 ga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 1 km chuqurlikda joylashgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik sezilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Qirg‘izistonda yuz bergan 4,5 balli zilzila Namangan shahrida 2 balli kuchlanish bilan akslangandi.

Ko‘proq yangiliklar: