Moskvadagi GUMdan portlash xavfi sababli odamlar evakuatsiya qilindi

Jamiyat 23:51 / 18.02.2016 3693

Moskva huquq-tartibot muassasalari xodimlari Moskvadagi Qizil maydonda joylashgan GUM do‘konida portlash xavfi haqidagi xabarni tekshirishmoqda. Bu haqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Do‘konga portlovchi modda qo‘yilgani haqidagi xabar noma'lum shaxsdan olingan. Voqea joyiga kinologlar va sapyorlar yo‘l olgan, odamlar evakuatsiya qilingan.

Avvalroq Moskva va Moskva viloyati politsiyasi "Ashan" gipermarketlarini portlash xavfi sababli tekshira boshlagan. Bundan tashqari, shoshilinch xizmatlar Leningrad vokzalida qoldirilgan egasiz sumka tufayli vokzalni tekshirishlariga to‘g‘ri kelgan. Biroq bu yerda odamlar evakuatsiya qilinmagan, balki bir zaldan ikkinchi zalga o‘tkazib turilgan.

Ko‘proq yangiliklar: