Ma'lumki, ovqat tanovul qilinganda uning hazm bo‘lishi uchun oshqozonda o‘ziga xos jarayonlar yuz beradi.
Nottingem universiteti olimlari buni aniqlash uchun biz maza qilib yeydigan gamburger ustida o‘ziga xos tajriba o‘tkazishdi.
Internetda bu tajriba aks ettirilgan video joylashtirildi. Unda oshqozonda hazm qilish jarayonida ishtirok etadigan vodorod xlorid moddasi bilan to‘ldirilgan idishga gamurger solingani va 3 soatga bo‘ktirib qo‘yilgani suratga olingan. Nihoyat belgilangan vaqt o‘tgach, gamburger “ishtahani bo‘g‘adigan” tusga kirdi, ya'ni u qora rangdagi loyqaga aylanib qoldi.