Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda benzin narxlari ko‘tarilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda El Nacional xabar bergan.
Uning ma'lum qilishicha, 91 markasidagi benzinning 1 litri narxi 1 bolivarga, 95 markasidagi benzinning 1 litri narxi 6 bolivarga ko‘tariladi. Yangi narxlar 19 fevral kunidan amalda bo‘ladi.
Prezidentning qayd etishicha, yangi narxlardan keyin ham Venesueladagi benzin "dunyoning eng arzon benzini" maqomini saqlab qoladi. "Bu vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘llangan chora", deya ma'lum qilgan Maduro.
Venesuela rahbarining qo‘shimcha qilishicha, yangi narxlar evaziga olingan daromadning 30 foizi transport sohasi uchun kredit shaklida yo‘naltiriladi.
Bundan oldin Venesueladagi Porlamar sayyohlik agentligi vakili Olga Smirnova bu mamlakatda 95 markasidagi benzinning 40 litrini 2 rublga teng qiymatga sotib olish mumkinligini bildirgandi.
Nikolas Maduro milliy valyutaning birdaniga 58,73 foizga devalvatsiya qilinishi haqida e'lon qilgan.