Madridda Putin, Obama, Merkel va Poroshenko haqida hajviy spektakl qo‘yildi

Jahon 00:01 / 18.02.2016 5615

Madridning markaziy maydonida "Siyosiy bema'nilik teatri" AQSh prezidenti Barak Obama tanqid qilingan hajviy spektakl qo‘ydi. Spektaklning nomi" Yevropada kim hukmronlik qiladi" deb nomlangan.

RIA “Novosti” axborot agentligining xabar berishicha, spektaklning bosh qahramonlari Vladimir Putin, Pyotr Poroshenko, Angela Merkel va Barak Obama bo‘ldilar. Spektaklda Obamaning faoliyati keskin tanqid qilingan.
Spektakl oxirida Obama niqobidagi aktyor " butun dunyo bo‘ylab o‘zining politsiya tartibini o‘rnatish, barcha prezidentlarga kimni yaxshi ko‘rish va qabul qilish, kim bilan do‘stlashish, kim bilan savdolashish, qayerda urush qilish, qachon sanksiyalarni qo‘llash, qachon uxlash kerakligini aytish uchun shoshayotganini" aytadi. Bunga javoban Merkel niqobidagi aktyor "endi kim bilan do‘stlashish kerakligini" tushunganini hamda Putin niqobida va Pyotr kamzulida bo‘lgan aktyorga qarab, "biz yaqinda Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi barcha sanksiyalarni bekor qilamiz", deb aytadi.

"Biz siyosiy satirani AQSh prezidenti siyosati odamlar hayotiga qanday ta'sir qilishini ko‘rsatish uchun tanladik. Bizning fikrimizcha, bugun Yevropada faqat birgina odam – Obama hukmronlik qilmoqda. AQSh prezidentlari butun tarix davomida o‘z xalqi manfaati uchun ishlagan. Boshqa xalqlarning ko‘z yoshlari, qoni va o‘limi ularning vijdoni zimmasida", deb aytdi teatr rahbari Serj Marks.

Spektalni qo‘yish tashabbusi bilan "Tinch odamlarning global huquqlari" xalqaro platformasi ispan qo‘mitasi chiqdi va uni bu yili 15 fevralda nishonlangan AQSh prezidenti kuniga belgilab namoyish qildi.

Ko‘proq yangiliklar: