Lotus kompaniyasi eng tez sportkar Elise – 250 Cup`ni namoyish etdi. Elise turkumiga mansub mazkur versiya 220-quvvat modifikatsiyali 220 Cup o‘rnini egallaydi.
Elise 250 Cup avtomobilining umumiy og‘irligi 931 kilogramm. Biroq 220 Cup versiyasi bilan solishtirganda, 21 kilogrammga yengilroq. Sababi, ulov qurilishida yengil elementlardan foydalanilgan va akkumulyator litiy-ionli.
1,8-litrlik motor 243 ot kuchiga ega. Dvigatel olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan ta'minlangan.
Boshlang‘ich holatda superkan 0 dan 96 km soat tezlikka 3,9 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 247 km. Sinov jarayonida u 220 Cup versiyadan 1 daqiqa 34 soniyaga ustun keldi.
Elise – 250 Cup aprel oyida savdoga chiqariladi. Britaniyada mashina 45 ming 600 funt (58 ming 356 yevro) narxida sotilsa, Germaniyada uning bahosi 61 ming 100 yevrodan boshlanadi.