Kanada Iroq va Suriyada IShID bazalarini bombalashni to‘xtatdi

Jahon 12:22 / 18.02.2016 2979

Kanada Harbiy havo kuchlari Suriya va Iroqdagi IShID jangarilari joylashgan marralarni bombardimon qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Kanada mudofaa vazirligi xabar bergan.

"Kanada hukumati buyrug‘iga ko‘ra, Qurolli kuchlar (QK) joriy yilning 15 fevralidan boshlab aviazarbalar (Suriya va Iroqda) berish amaliyotlarini to‘xtatdi", - deyilali TASS agenligiga kelib tushgan ma'lumotda.

Kanada Qurolli kuchlari bundan keyin, IShID bilan kurashda "o‘z hissasini boshqa tomonga yo‘naltirib", xalqaro koalitsiya doirasida kurashadi, - deyiladi hujjatda.

Yaqin haftalar ichida, barcha 6ta F-18 qiruvchi samolyoti va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar Kanadaga qaytariladi. Ayni vaqtda, CP-140 Aurora razvedkachi samolyoti va Airbus CC-150 Polaris yoqilg‘i quyuvchi samolyoti Kuvayt aviyabazasida qoladi va ittifoqchilar aviyatsiyasiga yordam beradi.

2014 yilning oktabrida Kanada sobiq hukumati bosh vaziri Stiven Harper IShID bilan kurashishga katta bo‘lmagan aviaguruh va xizmat ko‘rsatish uchun 600 nafar harbiylarni jo‘natishga buyruq bergandi. Kanada kontingenti Kuvaytdagi aviyabazada joylashgan.

Bundan tashqari, 69ta muhandis Iroq shimoliga yo‘llangan. Kanada missiyasi 2016 yil mart oyigacha mo‘ljallangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: