Jibutilik yengil atletikachi Ayanleh Sulaymon yopiq inshootlarda 1000 m ga yugurish bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatdi. Uning natijasi - 2 minut 14.20 sekundni tashkil etdi. Sulaymon bu natijaga Stokgolmdagi musobaqada erishdi.
U bu natija bilan 2000 yil 20 fevralda 2.14,96 sekund bilan rekord qo‘ygan daniyalik Uilson Kipkaterni ortda qoldirdi.
Sulaymon 2013 yilgi jahon chempionati 800 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalarining bronza medali sovrindori hisoblanadi.