Janubiy Koreya hukmron partiyasi Senuridanning siyosiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kim Chjon Xun rasmiy Seul zarurat tug‘ilganda o‘z yadroviy bombasini yaratish uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim , deb hisoblaydi.
“Allaqachon o‘z yadro qurolini yaratgan Pxenyan (Shimoliy Koreya poytaxti) ga javob chorasi sifati Janubiy Koreya, hech bo‘lmasa, istalgan payt o‘z yadro qurolini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim”, -dedi siyosatchi.
"Seul va Vashington o‘rtasida o‘rnatilgan kelishuv Janubiy Koreyaga yadro yoqilg‘isini qayta ishlash va boyitishni taqiqlasa ham, mamlakat olimlari foydalanilgan yadro yoqilg‘isini “pirometallurgik” usulda tadqiq qilishni boshlab turishlari mumkin, deb xabar beradi Yonhap agentligi.