Iroq harbiy-havo kuchlarining vertolyoti Anbar viloyatida quladi. "As-Sumariya" telekanalining ma'lum qilishicha, vertolyot Al-Fallujadan 23 km uzoqlikdagi Al-Amiriya shahrida yaqinida qulagan. Bu yerda hukumat qo‘shinlari va IShID jangarilari o‘rtasida janglar ketmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot bortidagi ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Ularning tanalari armiya, politsiya va ko‘ngilli askarlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari evaziga evakuatsiya qilingan.
Vertolyotning qulashi uchun javobgarlikni terrorchilar o‘z zimmasiga olgan.
16 fevralda Iroqning Al-Kut shahrida transport vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida 9 nafar iroqlik harbiy halok bo‘lgandi. Ma'lum qilinishicha, falokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.